
Dibalani “Roma”ga o‘tishga ko‘ndiradigan odam topildi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida o‘z jamoasiga Paulo Dibalani qo‘shib olmoqchi.
Argentinalik yulduzning “Yuventus” bilan hamkorligi tugamoqda va u yozda o‘zi istagan klubga ketishi mumkin.
“Roma” singari Chempionlar ligasidan chetda qolgan klublarga Paulo Dibalani olish oson bo‘lmaydi. Biroq, Rim klubi afsonasi va Italiya futbolida katta hurmat-e’tibor qozongan Franchesko Totti argentinalik hujumchini poytaxtga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishni o‘z zimmasiga oldi.
- Tez orada Dibala bilan ko‘rishaman. Unga bir nechta maslahatim bor. Shuningdek, uni “Roma”ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilaman. Balki o‘xshab qolar, - dedi Franchesko Totti.
Dibalaning o‘zi A Seriyada qolmoqchi bo‘lyapti. Unga “Inter”dan taklif bor. Biroq Dibala “Yuventus”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan milanliklar safiga qo‘shilishni istamadi.
Fikrlar