
“Roma” chaqirsa, "uchib" boraman!
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto va uning qo‘l ostidagi skautlar kelasi mavsum jamoa tarkibini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni qidirishda davom etmoqda.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, rimliklar nishonga “Sassuolo” yarim himoyachisi Maksim Lopes tushgan.
Frantsiyalik futbolchi maydon markazida tayanch zonada va hujumchi ortida o‘ynay oladi. Ya’ni uning bir o‘zi bir necha vazifani uddalashi mumkin.
24 yoshli Lopesni “Marsel” klubi tarbiyalagan. “Sassuolo” uni bir mavsum ijarada o‘ynatib, o‘tgan yili yozda arzimagan 2 million evroga sotib olgandi. Bu mavsum jami 36 ta uchrashuvda ikkitadan gol va assist muallifi bo‘lgan yarim himoyachining narxi 14 million evroga ko‘tarildi.
Yana uch yil davom etadigan shartnomaga ega ekaniga qaramay, Maksim Lopesning o‘zi o‘rtamiyona “Sassuolo”ni tark etib, oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan va Evropa maydonlarini ko‘zlayotgan “Romaga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Fikrlar