
"Roland Garros". Nadal finalga chiqdi
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa hisoblanadigan "Roland Garros" turnirida ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.
Musobaqaning amaldagi g‘olibi, bu yil bosh sovrin uchun ham asosiy da’vogarlar qatorida e’tirof etilayotgan Rafael Nadal final ostonasida argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqdi. Qumli qoplamali kortlar qiroli, deya e’tirof etiladigan ispaniyalik raketka ustasi bu nomga loyiqligini yana bir bor isbotladi. 3 set davom etgan uchrashuvning dastlabki ikki setini Rafa nisbatan oson yutib oldi. 3-setni bahsning burilish nuqtasiga aylantirmoqchi bo‘lgan Shvartsman qancha harakat qilmasin, tajribali Nadal oldida ojiz qoldi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:3, 7:6(7:0).
Shu tariqa, Nadal o‘z faoliyati davomida 13-bor finalga chiqdi. E’tiborlisi, Rafa bu bosqichda biror marta yutqazmagan.
Fikrlar