
Rojdestvoni nishonlagan Saloh tanqidlar ostida qoldi, Lovren esa uni himoya qildi
Deyan Lovren Muhammad Salohni tanqidlardan himoya qildi.
25 dekabr kuni Saloh ijtimoiy tarmoqqa oq-qora fondagi archa suratini joylab, quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi: Biz bu bayramni Yaqin Sharqdagi shafqatsiz urush sabab yurakdagi og‘ir dard bilan nishonlaymiz. Iltimos, G‘azodagi oilalar chekayotgan azobga ko‘nikib ketmang.
Izohlarda musulmonlar Salohni Rojdestvo bayramini nishonlagani uchun tanqid qildi.
"Men Muhammadning qanchalik bag‘rikeng ekanligini bilaman. U qalbi va fikri bilan barchamizga nisbatan ochiqligini namoyish etdi. Saloh oila a’zosi bo‘lmagan insonlarga urush va nafrat davrida sevgi va muhabbat namoyish etdi.
Uning kuchi va sevgisi Salohni doim boshqalardan ajratib turadi. Shu sababli xudo uni qo‘llaydi. U to‘g‘ri ish qilayotganini biladi. Shu tufayli, u uchun hukm o‘qimasdan, hurmat qiling. Xudo sizni asrasin Saloh", - deya yozib qoldirdi "Liverpul" sobiq futbolchisi.
Fikrlar