Rodrigoning “tagiga suv quyadigan” o‘yinchi keldi

  • 19 iyun, 09:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning mashhur hujumchilaridan Rodrigo Goes kelasi mavsum boshlangunga qadar Madridni tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ko‘payib qoldi.

Tecno

Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” yaqinda Argentinaning “River Pleyt” jamoasidan 17 yoshli Franko Mastantuononi olib kelgani braziliyalik futbolchining o‘yin vaqtiga ta’sir o‘tkazadi.

Chunki madridliklar uzoq muddatli bitim tuzgan argentinalik hujumkor futbolchi uchun 60 million evro sarfladi va tabiiyki, qimmatga kelgan o‘yinchini debyut mavsumidayoq maydonda sinab ko‘radi.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, hujum chizig‘ida raqobatning yanada oshgani 24 yoshli Rodrigoni boshqa klub tanlashga majbur qilishi mumin. Qolaversa, “Real” rahbariyati ham Rodrigo bo‘yicha 100 million evrodan boshlangan takliflarni qabul qilishga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!