Rodrigesning sevgilisi uni mashinada bosib ketmoqchi bo‘ldi

  • 14 oktabr, 2021, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Las-Palmas” hujumchisi Xese Rodriges o‘z sevgilisi Aura Ruis bilan janjallashib qoldi. Buning oqibati Aura Xesening ustiga mashinasini haydadi. Futbolchi oyog‘idan jarohat olgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Tecno

28 yoshli Xese Rodriges professional futbolchilik faoliyatini “Real”da boshlagan. 2016 yili PSJ tarkibiga qo‘shilgan bo‘lsa-da, parijliklar klubida o‘z o‘rnini topa olmadi va “Stok Siti”, “Betis”, “Sporting”da ijarada o‘ynadi.

PSJ turli mojarolardan boshi chiqmaydigan hujumchi bilan shartnomani bekor qilganidan keyin  Xese Ispaniyaga qaytib keldi va oxir-oqibat “Las-Palmas”dan qo‘nim topdi.

Joriy mavsumda tajribali hujumchi to‘qqizta uchrashuvda uchta gol urib, to‘rtta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!