Rivaldo: Braziliyaliklar 10-raqamni behurmat qilishyapti

  • 17 noyabr, 2019, 11:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo “pentakampeonlar” 10-raqamdan noto‘g‘ri foydalanishayotganidan noroziligini bildirdi.

Tecno

“Men Braziliya hamda Argentina o‘yinini ko‘rdim va 10-raqam Lukas Paketaga berilganidan jahlim chiqdi. 10-raqam zaxirada o‘tirmasligi va tanaffusda maydonni tark etmasligi kerak. Bu obro‘li raqam. Bu raqamda Pele, Rivelino, Ziko, Rivaldo, Kaka, Ronaldino va Neymar o‘ynagan.

Men futbolchini ayblamayman. Hammasiga murabbiylar shtabi aybdor. Aynan ular ushbu raqam yosh futbolchiga yomon ta’sir qilishi mumkinligini bilishmagan”, - deydi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!