Rio Olimpiadasi sovrindori chempionlik jangida ringga ko‘tariladi

  • 19 iyul, 2020, 20:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik Mixail Aloyan va Albert Batirgaziev yaqin kunlarda chempionlik jangida ringga ko‘tariladi. Ikkinchi o‘ta engil vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan Mixail Aloyan va birinchi engil vaznda WBA Asia tituli sohibi, joriy yilning iyun oyida professional ringda o‘zining debyut janggini o‘tkazgan Albert Batirgazievlarning yaqin kelajakdagi rejalari haqida “Patriot” promouterlik kompaniyasi rahbari hamda murabbiy Eduard Kravtsov o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

Kravtsovning so‘zlariga ko‘ra, uch karra Rossiya chempioni Batirgaziev havaskor va professional ringdagi faoliyatini bir vaqtning o‘zida olib boradi. U 15 avgust kuni Sochi shahrida professional ringdagi ikkinchi janggini o‘tkazadi, keyin esa havaskor bokschilar o‘rtasida Rossiya chempionatida ishtirok etadi.  

 "Olimpiya o‘yinlari 2021 yilga qoldirilishi tufayli, Batirgaziev professional yo‘nalishda yana bir jang o‘tkazishga qaror qildi. Biroq, Albert olimpiya terma jamoasida o‘z o‘rnini saqlab qoladi va sentyabr oyida Rossiya chempionatida ishtirok etadi. Ish jadvalimiz juda tig‘iz... Lekin, biz bokschining sog‘ligiga zarar etkazib qo‘ymaslik uchun havaskor boksdagi ishtiroklarimizni kamaytiramiz. Havaskorlar o‘rtasida faqat o‘ta zarur turnirlardagina ringga ko‘tarilamiz. Bir yildan so‘ng, uni o‘z vazn toifasida birinchi beshlikda, ikki yildan keyin esa, jahon chempioni sifatida ko‘rishni xohlayman. O‘ylaymanki, u buning uchun kerakli barcha sifatlarga ega. Uning vazn toifasida juda ajoyib bokschilar bor, shunga qaramasdan engib bo‘lmas raqiblarni ko‘rmayapman.

Ayni damda Mixailda ham ishtiyoq yuqori. Uning oldiga qo‘ygan maqsadi - jahon chempioni bo‘lish. O‘sha niyatiga erishsa, yana maksimum ikkita himoya jangini o‘tkazadi. Barchasi oldiga qo‘yilgan maqsad va istakka bog‘liq. Hozir u jang qilish istagida yonmoqda, ko‘zlari chaqnab turibdi. Mashg‘ulotlarga jiddiy kirishgan. 15 oktyabr sanasida Kemerovo shahrida WBAning muvaqqat chempionlik kamari uchun kolumbiyalik Pablo Karriyoga qarshi jang olib borishi rejalashtirilgan.

Aloyan Olimpiadada ishtirok etish uchun saralash janglarida ishtirok etadimi?... Yo‘q, bu noto‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Ha, xohish bor, lekin to‘g‘ri fikrlash kerak. Terma jamoa tarkibiga kirish uchun sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan mamlakat chempionatida ishtirok etishi lozim. Bu yoqda oktyabr oyida juda zarur titul jangi uni kutib turibdi. Mixailning mamlakat chempionatida ishtirok eta olish imkoniyatini ko‘rmayapman”,-  deb aytdi Kravtsov “Sportbox” ga bergan intervyusida. 

Ma’lumot uchun, Mixail Aloyan 2013 yil Almati shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida hamyurtimiz Jasurbek Latipovdan ustun kelgan bo‘lsa, 2016 yil Rio Olimpiadasi finalida Shahobiddin Zoirovdan mag‘lubiyatga uchragan edi. Kyeinchalik doping tufayli, undan Rio Olimpiadasining kumush medali olib qo‘yilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!