Rifat Akramxo‘jaev "Lokomotiv" menejeri vazifasiga tayinlandi

  • 9 yanvar, 2023, 16:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" PFK rahbariyati qaroriga ko‘ra, Rifat Akramxo‘jaev klub menejeri etib tayinlandi. Ma’lumot uchun, Rifat Akramxo‘jaev shu paytgacha "Lokomotiv" bolalar va o‘smirlar futbol maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tecno

Endilikda "Lokomotiv"ning ham asosiy jamoasi, ham U19 shuningdek, futzal va ayollar jamoalari va futbol maktabi natijalariga Rifat Saydi-Anvarovich mas’ul sanaladi hamda menejer vazifasini bajaradi.

Ma’lumot uchun, Rifat Akramxo‘jaev "Lokomotiv"dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo‘lib, dastlab U21 jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada esa shu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, "Lokomotiv" o‘rinbosarlarining U21 chempionati chempioni bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi.

2020 yil ushbu mutaxassis "Lokomotiv" U18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U18 musobaqasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2021 yil boshida "Surxon" futbol klubiga yo‘l olgan Rifat Akramxo‘jaev 1-iyul kuni yana "Lokomotiv"ga qaytib, dastlab selektsioner murabbiy, undan keyin U18 jamoamiz bosh murabbiyi bo‘lib ishladi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, 2022 yil Rifat Akramxo‘jaev "Lokomotiv" futbol maktabi direktori sifatida ish olib bordi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!