
Reshfordning hujumchi ekanligi esiga tushdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford APL 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinda gol urdi.
Futbolchi 53-daqiqada Antoni Marsyalning uzatmasidan so‘ng darvozabon Alisson bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, Reshford 17 o‘yinlik golsiz seriyaga barham berdi. Futbolchi so‘nggi bor 22 yanvar kuni "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi. Ushbu g‘alabadan keyin "qizil iblislar" 3 ochko bilan 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar