
Reshford 9 yil o‘tib Ouen qilgan ishni qildi
Angliya premer-ligasining 16-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vulverxempton"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 93-daqiqada Markus Reshford kiritdi.
Aniqrog‘i, to‘p 92-daqiqa 51-soniyada darvoza to‘ridan joy oldi. E’tiborlisi, bu MYuning 2009 yildan buyon “Old Trafford”da kiritgan eng kech g‘alaba goli bo‘ldi.
11 yil oldin “Manchester Yunayted” forvardi Maykl Ouen "Manchester Siti" darvozasini 96-daqiqada (95:27) ishg‘ol etgan va jamoasiga g‘alaba keltirgan edi.
Fikrlar