Regbi-7. Terma jamoamiz Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

  • 7 noyabr, 2022, 12:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning 5-6 noyabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahrida Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Musobaqada qatnashgan yosh regbchilarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Hamyurtlarimiz hal qiluvchi bellashuvda BAA vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Murosasiz o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland keldi. Bronza medallari esa malayziyalik regbichilarga nasib etdi.

Regbi-7 bo‘yicha U20 Osiyo chempionati, erkaklar:

1. BAA

2. O‘zbekiston

3. Malayziya

Ayollar:

1. BAA

2. Hindiston

3. Tailand

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!