
“Real”ning yulduzi menga katta yordam bergandi
“Real”da bir necha mavsum davomida o‘zini ko‘rsata olmagan Luka Yovich ayni paytda “Fiorentina” sharafini himoya qilmoqda.
Serbiyalik futbolchi Madrid klubida o‘ynab yurgan jamoaga moslashib olishi uchun o‘ziga kimlar ko‘p yordam berganini esga oldi.
- “Real”dagi eng yaxshi sheriklarim kimlar edi? Karim Benzema o‘rnak olishga loyiq futbolchi. Luka Modrich ham shunday. Luka har doim mening yonimda bo‘lgan. Bu jahon futboli tarixida eng buyuk o‘yinchilardan, - dedi Luka Yovich.
Ta’kidlash joizki, Luka Yovich yangi jamoasida ham to‘purarlik mahoratini namoyish qila olmayapti. U A Seriyada o‘n bir marta maydonga chiqib, atigi ikkita gol urdi.
Fikrlar