
"Real"ning yozda ilk transfer qiladigan futbolchisi ma’lum
"Real" klubining yozda transfer qiladigan ilk futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudgerni o‘z safiga qo‘shib oladi. Futbolchi Londonda tibbiy tekshiruvdan o‘tgani aytilmoqda.
Ryudiger "qaymoqranglilar" bilan 2026 yil iyun oyiga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekadi. Transferning moliyaviy taraflari hali oshkor qilinmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Ryudiger joriy mavsum APLning 34 o‘yinida 3 gol va 2 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar