"Real"ning yana bir himoyachisi safdan chiqdi

  • 8 dekabr, 2024, 20:36
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" himoyachisi Ferlan Mendi jarohat tufayli 3 haftani o‘tkazib yuboradi. 

Tecno

La Liganing 16-tur uchrashuvida "Jirona"ga qarshi o‘yinda (3:0) Madrid klubi himoyachisi o‘ng son to‘rt boshli mushagidan jarohat olgan. Unga mushak jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Klub rasman tiklanish muddatini ma’lum qilmagan bo‘lsa-da, "AS" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachi uch hafta davomida maydonga tushmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!