
"Real"ning sobiq ustozi MLS klubini boshqarishi mumkin
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Santyago Solari faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
DirecTV Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 42 yoshli argentinalik mutaxassisga Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Solari va Bekxem o‘z vaqtida “Real”da birga to‘p surishgan.
Fikrlar