
"Real"ning sobiq himoyachisi "Portu"ga o‘tadigan bo‘ldi
Portugaliyalik himoyachi Fabiu Koentrau tez orada "Portu" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli futbolchi “Portu” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar roziligi bilan ushbu shartnmoa yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, “Real” Madrid klubining sobiq futbolchisi “Portu” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, Koentrau aslida PAOK klubiga o‘tishi kerak edi. Biroq, oilaviy sabablarga ko‘ra u grek klubi bilan shartnoma imzolay olmadi.
Fikrlar