
"Real"ning qishki transferlar davridagi asosiy xaridi kim bo‘lishi ma’lum
Madridning "Real" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida yangi yarim himoyachi sotib olmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi”ning bu boradagi asosiy transfer nishoni “Napoli” xavbeki Fabian Ruis hisoblanadi. Biroq, uning shartnomasida tovon puli belgilanmagani va neapolliklar ham uni qo‘yib yuborishni rejalashtirmayotgani “Real”ga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Bundan tashqari “Real” o‘tgan yoz kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesni “Napoli”ga qo‘yib yuborishni xohlamagan edi.
Ma’lumot uchun, Ruis joriy mavsum “Napoli” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar
MBAPPE
Sentarlane xujum...
BENZEMA
Ung qanot xujum...
GARET BEEL