
"Real"ning muhim futbolchisi jamoaga bir necha oy yordam bermaydi
"Real Madrid" futbolchisi Jud Bellingem uch oy davomida maydonga tushmaydi. Bu haqda "The Athletic" nashri ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, yarimhimoyachini 2023 yilning noyabr oyidan beri bezovta qilib kelayotgan elkasidagi jarohat tufayli shifokorlar tomonidan operatsiya qilinadi. Jud ushbu muolajadan so‘ng klublar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblangan Bellingem sentyabr oyigacha to‘liq tuzalishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy yilda "qirollik" klubi safida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 51 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 14 ta assistni yozdirib qo‘ydi
Fikrlar