
"Real"ning ishonchli himoyachisi bo‘lajak uchrashuvda qatnashmasligi mumkin
"Real Madrid" himoyachisi "Rayo Valekano"ga qarshi bellashuvda ishtirok eta olmasligi mumkin. Bu haqda "Cope" nashri xabar bermoqda.
Ispaniya La Ligasining bo‘lajak uchrashuvidan avval germaniyalik futbolchi umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan. Manbaga ko‘ra, Ryudigerda hech qanday jarohat yo‘q. Faqatgina biroz shamollagan. Shu bois, o‘yindan avvalgi mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Antonio hali hamon ertangi uchrashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida. Agarda o‘zini yaxshi his qilsa, harakat qilish ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi joriy mavsum "qirollik klubi" safida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar