“Real”ga superhimoyachi narxini aytishdi

  • 30 iyul, 2021, 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati klubni tark etgan markaziy himoyachilar – Rafael Varan va Serxio Ramosning o‘rnini bosishga qodir bo‘lgan futbolchi qidirmoqda.

Tecno

Karlo Anchelotti bu pozitsiyaga “Napoli” etakchisi Kalidu Kulibalini olib kelmoqchi. Anchadan beri senegallik futbolchini boshqa klublarga qo‘yib yubormayotgan neapolliklar bu gal transferga roziligi aytilmoqda.

“Qrollik klubi” 30 yoshli futbolchini olib kelish uchun italiyaliklarga 60 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

2014 yildan beri “Napoli” sharafini himoya qilayotgan Kulibalining klub bilan shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Unga Evropaning boshqa klublaridan ham takliflar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!