“Real”ga qimmat o‘yinchi kerak

  • 23 oktabr, 2022, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumkor futbolchi Mussa Diabi Germaniya chempionati tark etib, faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Tecno

“Bayer” sharafini himoya qilayotgan 23 yoshli frantsiyalik o‘yinchi “Real” skautlari e’tiboriga tushgan. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatdi.

Mussa Diabi har ikki qanotda faol o‘ynay oladi. Madridliklar bu futbolchi uchun 65 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgane. Bu summa leverkuzenliklarga ham ma’qul kelishi aytilmoqda.

“Bayer” rahbariyati PSJ tarbiyalanuvchisini 2019 yili 15 million evroga xarid qilgan edi. Endi 2025 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan iste’dodli o‘yinchini bir necha baravar qimmatiga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!