
“Real”ga o‘tganimdan o‘lganim yaxshi!
“Barselona”ning eng tajribali futbolchilaridan Jerar Pike “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
- Buning umuman imkoni yo‘q. Hech narsa evaziga bunga rozi bo‘lmayman. “Real”ga o‘tganimdan o‘lganim yaxshi, - dedi Jerar Pike.
Ispaniyalik himoyachi joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga ham erishdi. U 2004-2008 yillar davomida “Manchester Yunayted” o‘yinchisi hisoblangan. Orada bir mavsum ijara asosida “Real Saragosa”da to‘p tepgan.
Pike 2008 yildan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar