
“Real”ga oid ikki muhim xabar
El Chiringuito nashrining ispan futboliga ixtisoslashgan jurnalisti Xosep Pedrerol “Real” klubining transfer siyosatiga oid ikkita muhim xabarni e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar “Benfika” chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni o‘z safiga qo‘ib oladi.
Madridliklar jahon chempionatida qatnashadigan portugaliyaliklarga katta bo‘lmagan miqdorda badal to‘lashi aytilmoqda.
Shuningdek, Xosep Pedrerol madridliklar Rodrigo Goesning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Keyingi paytda ikkinchi planga o‘tib qolgan braziliyalik universal hujumchi “Real”dagi kelajagini yangi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan muhokama qilib olishni rejalashtirgan.
“Qirollik klubi” rahbariyati Rodrigo Goes bilan xayyorlashishga tayyor va amalda uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidirishga kirishgan.
Fikrlar