“Real”ga kelganim eng to‘g‘ri qaror!

  • 28 avgust, 2022, 22:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich Madrid klubiga kelganining o‘n yilligini nishonladi.

Tecno

Bundan roppa-rosa o‘n yil muqaddam madridliklar xorvatiyalik pleymeykerni “Tottenxem”dan 35 million evroga xarid qilgandi.

Bu yubileyning ahamiyati haqida Modrich ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.

- O‘n yil muqaddam “Real” bilan shartnoma tuzgan edim, bu hayotimdagi eng yaxshi qaror bo‘lib chiqdi. Dunyoning eng zo‘r jamoasida o‘ynash bu tushga o‘xshaydi va men hali ham uyg‘onishni istamayman. Davom etamiz, - deb yozdi Luka Modrich.

36 yoshli futbolchi “Real” tarkibida jami 439 marotaba maydonga tushib, 32 ta gol va 73 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning shartnomasi joriy mavsumning oxirigacha uzaytirilgan.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
28/08/2022 22:25
Halaaaa madrid bu bizni kulubimiza va jamomiza