
“Real”ga “Barsa” tarbiyalagan vunderkind kerak
“Real” rahbariyati Ispaniya o‘smirlar terma jamoasi hujumchisi Iker Bravoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
17 yoshli futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini Bundesliga vakili “Bayer”ning yoshlar jamoasi safida davom ettirmoqda.
Iker Bravo Ispaniya o‘smirlar terma jamoasida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelmoqda. Iste’dodli futbolchi 14 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.
Bundan tashqari, yosh o‘yinchi “Bayer” jamoasi asosiy tarkibida ham ikki marta maydonga tushishga ulgurgan.
Fikrlar