
“Real”ga Angliyadan katta taklif tushdi
“Real”ning tajribali himoyachisi Ferlan Mendi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Transfer News Central nashrining xabar berishicha, “Nyukasl” rahbariyati 27 yoshli o‘yinchi uchun xarajat qilishga tayyor. “Qarg‘alar” Mendini olish uchun madridliklarga 40 million evro taklif qilmoqda.
Mendining “Qirollik klubi” bilan o‘zaro hamkorligi 2025 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Biroq, saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin Angliya premer-ligasining grand klubiga aylantirilayotgan “Nyukasl” uni o‘z safiga og‘dirib olmoqchi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumlarda autsayderlar qatorida yurgan “Nyukasl” joriy chempionatda kuchli uchlikda bormoqda.
Fikrlar