
"Real"dan navbatdagi noxush xabar
La Liga 3-turidan o‘rin olgan "Real Betis" - "Real" Madrid bellashuvi yakunlandi. Unda madridliklar iroda ko‘rsatib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi" etakchilaridan biri Toni Kroos jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Germaniyalik xavbek birinchi bo‘limdayoq, o‘z o‘rnini Luka Modrichga bo‘shatib berdi.
Avvalroq, o‘yindan oldingi mashg‘ulotlar jarayonida chap qanot himoyachisi Marselo belidan jarohat olgani ma’lum qilingan edi.
Fikrlar