
“Real”dan ketmasak bo‘lmaydi
“Real”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan futbolchilar yozda boshqa jamoalarga o‘tib ketishga harakat qilmoqda.
Yaqinda Dani Sebalos joriy mavsumdan keyin o‘ziga yangi jamoa topishini ma’lum qilgandi.
Joriy mavsumni yuqori saviyada o‘tkazayotgan Braim Dias ham boshlang‘ich tarkibda muntazam o‘ynashni istayapti. Biroq amalda unga o‘zi istaganchalik vaqt berilgani yo‘q. Shu bois, marokashlik futbolchi omadini boshqa jamoada sinab ko‘rishga qarshi emas.
Endi katta umidlar bilan Madridga olib kelingan Arda Gyuler ham boshqa klubga o‘tmoqchi. Iste’dodli yarim himoyachini jarohatlar qiynab qo‘ydi. Hozir Arda sakkiz kilogramm ortiqcha vazn to‘plagan va bundan qutilish uchun trenajyor zalida shug‘ullanyapti.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti Arda Gyulerning o‘yin amaliyotiga ega bo‘ilishi uchun boshqa jamoalarga ijaraga jo‘natilishini ma’qulladi.
Fikrlar