
“Real” yana bir futbolchini ko‘zladi
“Real” rahbariyati maydon markazini mustahkamlash maqsadida “Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemansni transfer qilishni mo‘ljallayapti.
Yuri Tilemans “tulkilar”ning yangi bitim bo‘yicha taklifini rad etdi va yozda boshqa klubga o‘tishga qarshi emas.
“Qirollik klubi” murabbiylari bu futbolchi yoshi o‘tib qolgan Luka Modrichning o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.
Madridliklar 24 yoshli belgiyalik o‘yinchi bilan yanvar oyida muzokara boshlamoqchi.
Fikrlar