
"Real" Xolanddan yana bir yil kutib turishni so‘radi
“Real” Madrid klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida hech qanday yangi futbolchi sotib olmasligi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab “qirollik klubi” o‘z xarajatlarini kamaytirmoqchi. Shu bois ular mavsumlar oralig‘ida yangi transferlarni amalga oshirmaslikka qaror qilishgan. Ular o‘zlari muzokara olib borayotgan futbolchilardan esa yana bir mavsum kutib turishni so‘ramoqda.
“Real” yozda asosiy e’tiborini 2 ta futbolchiga – “Borussiya” Dortmund forvardi Erling Xoland va “Renn” xavbeki Eduardo Kamavingaga qaratayotgan edi, ularning transferi esa madridliklarga 150 mln evroga tushishi mumkin. Ammo, moliyaviy holat yaxshimasligi uchun “Real” buncha mablag‘ sarflay olmaydi.
Fikrlar