“Real” xo‘jayini katta transferni to‘xtatib qo‘ydi

  • 26 sentabr, 2024, 19:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari anchadan beri “Chelsi” etakchilaridan hisoblangan Ris Jeymsni olishni orzu qiladi. 

Tecno

Madridliklar o‘ng qanot himoyachisini 32 yoshli Dani Karvaxalga yaxshi o‘rinbosar bo‘ladi, deb hisoblamoqda. 

"Real Madrid Exclusivo" nashrining ma’lum qilishicha, “Real” prezidenti Florentino Peres bu transfer bo‘yicha fikrini o‘zgartirgan. Klub xo‘jayini Ris Jeymsni olib kelishga qarshi chiqmoqda. 

Manbaning ta’kidlashicha, Peresga himoyachining haddan ziyod ko‘p jarohat olayotgani yoqmayapti. Masalan, Jeyms 2022-2023 yilgi mavsumda atigi 24 ta, o‘tgan mavsum 11 ta uchrashuvda qatnashdi xolos. Yangi mavsumda hali birorta o‘yinga tushmagani ham aynan jarohatlangani sabab bo‘lyapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!