“Real” Vinisius va Mbappe o‘rniga boshqa to‘purar topib qo‘ydi

  • 28 noyabr, 2024, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Real” safiga ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappening transferi kutilgan natijani bermadi. Frantsiyalik o‘yinchining tarkibga qo‘shilishi Karlo Anchelotti jamoasida kutilmagan muammolarni keltirib chiqardi.

Tecno

Klub rahbariyati eng katta maosh olayotgan Mbappening samaradorligi va o‘yin darajasidan qoniqish hosil qilayotgani yo‘q.

Yana bir etakchi Vinisius Junior ham klubdan ketishi mumkin. Irqchilik va tanqid kabi yoqimsiz holatlarga duch kelayotgan braziliyalik futbolchini Saudiya Arabistoni klublari olib ketishga urinyapti.

“Real” mutasaddilari har ehtimolga qarshi bu ikki to‘rurar o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi topib qo‘ydi. Madridliklar “Sporting”da o‘ynayotgan shved hujumchisi Viktor Dyokereshni nishonga olgan.

26 yoshli hujumchi bir necha mavsumdan beri Portugaliya chempionati va Evropa miqyosidagi uchrashuvlarda to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelmoqda. El Gol Digital nashriga ko‘ra, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres, Vinisius va Mbappening kelajagi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Dyokereshni olib kelmoqchi va bu transfer uchun 100 million evro tayyorlab qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!