
“Real”: Vinisius ketaver, o‘rningga superto‘purarlar bor!
“Real” rahbariyati Vinisius Juniorning o‘rniga ko‘p gol ura oladigan forvard qidirmoqda. Gap shundaki, braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuv muzokaralari oxiriga etgani yo‘q.
24 yoshli futbolchining maydonda qiliqlari, provokatsiyalari, turli ziddiyatlarga beriluvchanligi klub mutasaddilarini bezovta qilyapti. Qolaversa, Saudiya Arabistoni klublari va PSJ Vinisius uchun mo‘may summa taklif qilmoqda.
Vaziyatni inobatga olgan “Qirollik klubi” Vinisiusning o‘rnini bosishga qodir uch nafar yuqori saviyali hujumkor futbolchi topib qo‘ydi. Ular bilan tanishing:
Viktor Dyokeresh – keyingi mavsumlarda ko‘p gol urayotgan hujumchi jismoniy quvvati, aniq zarbalari, universalligi bilan ajralib turadi.
Rafael Leau – “Milan” yulduzi “Real” o‘yin uslubiga ideal darajada mos tushishi aytilmoqda. Uning ustunligi tezlik va birga bir vaziyatlardan unumli foydalanishida ko‘zga tashlanadi.
Viktor Osimxen – yozda transferi bozorida asosiy nishona bo‘ladigan to‘purar “Real” xo‘jayini Florentino Peresni juda qiziqtirib qo‘ygan.
Fikrlar