
"Real" va "Tottenxem"ning sobiq hujumchisida koronavirus aniqlandi
"Granada" hujumchisi Roberto Soldadoda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchining topshirgan test natijalari musbat chiqqan, ammo unda kasallik alomatlarsiz kechmoqda. U hozirda shifokorlar nazoratiga olingan.
Soldado endi Evropa ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan PSV va PAOK klublariga qarshi, shuningdek, La Liganing "Xetafe" va "Levante"ga qarshi bahslarini ham o‘tkazib yuboradi.
Roberto Soldado faoliyati davomida "Real" va "Tottenxem" kabi mashhur klublarda o‘ynagan.
Fikrlar