"Real" va Ispaniya termasining yaqin o‘tmishdagi yulduzi kelasi oy Toshkentga kelishi kutilmoqda. Tashrifdan maqsad nima?

  • 29 yanvar, 2021, 22:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida shu va boshqa masalalar muhokamasi bo‘yicha rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Ayni paytda Ispaniyaning “Rasing Mursiya” klubi prezidenti, “Genova International school of football” akademiyasi rahbari Morris Panello Toshkentda bo‘lib turibdi. Bugun MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ushbu mutaxassisni qabul qildi.

Ta’kidlash joiz, taniqli futbolchining tashrifi “Oqtepa” futbol klubi va “UzReportTV” telekanallari bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Suhbatda 13-16 fevral kunlari Fernando Morentasning Toshkentga kelishi, tashrif doirasida futbol ishqibozlari va OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil qilish, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorlanayotgan “Olimpik” jamoasini shakllantirishda hamkorlikda faoliyat olib borish kabi masalalar muhokama qilindi.

photo_2021-01-29_18-32-42

Uchrashuvda Moriis Panello “Olimpik” jamoasini Ispaniyada o‘tadigan yig‘inga taklif qilib, unda “Leganes”, “Rayo Valekano”, “Xetafe” kabi klublarning yoshlar jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishda yordam berishga tayyorligini, unda o‘zini ko‘rsatgan o‘zbekistonlik futbolchilar esa ispan jamoalarida tarkibida ma’lum muddat malaka oshirib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Oybek Kasimov o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanligi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!