“Real” va “Chelsi” 19 yoshli “gigant” o‘yinchini talashyapti

  • 8 yanvar, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bornmut” tarkibida ishonchli o‘yin namoyish qilayotgan Din Xeysen Evropaning grand klublari e’tiborini torta boshladi.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, futbol mutaxassislar 19 yoshli o‘yinchining kelajagi porloq ekanini ta’kidlamoqda. Din jismonan baquvvat va bo‘yicha sal kam ikki metrni tashkil qiladi.

“Bornmut”ning Angliya Premer-ligasi musobaqa jadvalining yuqori qismida borayotganida Xeysenning ham xizmatlari katta. Bu o‘yinchiga “Chelsi” asosiy da’vogar bo‘lib turgandi.

Endi Din Xeysen uchun kurashgaa “Real” qo‘shilgani haqida ma’lumotlar tarqatila boshladi.

Ispaniya va Niderlandiya pasportiga ega bo‘lgan Din Xeysen aslida “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va o‘tgan yili yarim mavsum “Roma”da ham o‘ynadi. 2024 yilning yozida “Bornmut” uni 15 million evroga transfer qildi.

Bu futbolchi o‘zining universalligi bilan futbol mutaxassislari nazariga tushgan. U ikki oyoqda ham bemalol o‘ynay oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!