“Real” va “Ayntraxt” o‘rtasidagi yagona va super bahsni eslaysizmi? Uchrashuvda naqd 10 ta gol kiritilgan (video)

  • 10 avgust, 2022, 22:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun oqshom Xelsinkida UEFA Superkubogi uchun kurash bo‘lib o‘tadi. Sovrin uchun o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi va Evropa ligasida g‘olib chiqqan "Real" Madrid va "Ayntraxt" klublari da’vogarlik qiladi.

Tecno

“Real” va “Ayntraxt” rasmiy turnirlarda faqat bir marta to‘qnash kelishgan. Bu 1960 yilda o‘sha paytdagi evrokubok finalida edi. Glazgodagi “Xempden Park” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinga 127 000 dan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi.

1960 yil 18 mayda "Real" "Ayntraxt"ni 7:3 hisobida mag‘lub etib, Evropa kubogini qo‘lga kiritdi. Ferents Pushkash va Alfredo di Stefano “qaymoqranglilar”ning g‘alabasiga hissa qo‘shgan. Pushkash “poker”, di Stefano esa “xet-trik” bilan g‘alabaga hissa qo‘shgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!