“Real” va “Arsenal” shov-shuvli transferga kirishdi

  • 11 iyul, 2024, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoani tark etgan markaziy himoyachi Nacho Fernandesga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.

Tecno

Todofichajes nashrining yozishicha, madridliklarga “Arsenal”da o‘ynayotgan Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Uilyam Saliba ma’qul kelgan.

“Qirollik klubi” Salibani olish uchun “Arsenal” bilan rokirovkani amalga oshirmoqchi. Madridliklar Londonga hujumchi Rodrigoni jo‘natishni rejalashtiryapti. O‘z navbatida, Mikel Arteta “Arsenal”ga kuchli forvard qidirmoqda.

Bu shov-shuvli transfer amalga oshishi uchun “kanonirlar” madridliklarga Salibani berishdan tashqari ma’lum miqdorda pul ham to‘lashi talab etiladi.

Chunki braziliyalik hujumchi frantsiyalik himoyachidan qimmat turadi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali Rodrigoni 110 million evroga baholagan. Salibaning transfer narxi 80 million evroga teng. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!