
“Real” so‘ragan futbolchini bir shart bilan beramiz!
“Borussiya” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida asosiy yulduzlaridan biri Jud Bellingem bilan xayrlashishga tayyor.
19 yoshli angliyalik yarim himoyachiga hozirning o‘zidan bir necha grand klublar og‘iz solmoqda. Ular orasida “Real”ning imkoniyati yuqori baholanyapti. Dortmundliklar ham qimmatbaho futbolchisini Madridga jo‘natish orqali ham moliyaviy, ham o‘ziga kerakli futbolchi bo‘yicha savdo qilmoqchi.
“Borussiya” mutasaddilari “Real”ga tegishli bo‘lgan Braim Diasni Bellingemning transferiga qo‘shishni so‘rayapti. Hujumkor futbolchi o‘tgan mavsumdan beri ijara asosida “Milan” sharafini himoya qilmoqda.
Tomonlar mavsum oxiriga qadar transferlar masalasida bir to‘xtamga kelishib olishga harakat qilmoqda.
Fikrlar