“Real” sardoriga yangi ish topildi

  • 15 may, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” sardori Nacho Fernandes faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega.

Tecno

34 yoshli himoyachi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun faoliyatini “Qirollik klubi”da o‘tkazgan.

Biroq Nachoning shartnomasi tez orada yakunlanadi va klub unga yangi shartnoma taklif qilmaydi.

Todofichajes nashrining yozishicha, tajribali himoyachiga “Vest Xem” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu jamoa ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi qabul qilib oladi va aynan mana shu mutaxassis Nacho Fernandesga ish berishga tayyor.

Necho Fernandes 2012 yildan beri “Real”ning asosiy tarkibi a’zosi hisoblanadi va faoliyati davomida klublar miqyosida 471 ta uchrashuvda qatnashib, 20 ta gol va 10 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!