
"Real" sardori yarim finalda jamoaga yordam bera olmaydigan bo‘ldi
Payshanba oqshomida "Real" Ispaniya Superkubogining yarim final uchrashuvini "Malorka"ga qarshi o‘tkazadi. Madrid klubiga tajribali yarim himoyachi Luka Modrich yordam bera olmaydi.
"Qaymoqranglilar" matbuot xizmati xabar berishicha, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi virusli infektsiya sabab maydonga tusha olmaydi. Modrichning safga qaytish muddatlari haqida "Real" ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Barselona" "Atletik" ustidan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar