“Real” Saliba uchun muhim futbolchisidan voz kechadimi?

  • 3 may, 19:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Uilyam Salibani qo‘lga kiritish uchun muhim futbolchisidan voz kechishi mumkin.

Tecno

Relevo nashrining xabar qilishicha, "Arsenal" faqatgina bir shart bilan Salibani "Real"ga sotishi mumkin. Ma’lumotga ko‘ra, londonliklar "qirollik klubi" pul va yarim himoyachi Orelen Tchuamenini transferga qo‘shishsa, himoyachini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishadi. 

Biroq, katta ehtimol bilan madridliklar bunday shartga ko‘nishmaydi. "Real" Salibani shartnomasi o‘z nihoyasiga etishiga oz qolganda uni arzon narxga sotib olishga urinib ko‘rmoqchi. Buning uchun Uilyam "to‘pchilar" bilan shartnomani uzaytirmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Uning transfer narxi esa, 80 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!