“Real” prezidenti nomi rasman e’lon qilindi!

  • 20 yanvar, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi prezidentligiga saylov yakunlandi. Florentino Peres yana to‘rt yil muddatga klub rahbari etib saylandi.

Tecno

Bu haqda “Qirollik klubi” rasmiy sayti xabar berdi.

Endi Florentino Peres o‘zi yigirma besh yildan beri boshqarib kelayotgan klubda yana to‘rt yil davomida prezident vazifasini bajaradi. Qizig‘i shundaki, Peres prezidentlik saylovida yagona nomzod edi.

Qurilish biznesida katta tadbirgan va sport funktsioneri hisoblangan Florentino Peres 2000 yildan beri “Real”ni boshqarib kelmoqda.

Uning qo‘l ostida “Real” etti marotabadan Ispaniya va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.  Olti bor UEFA Superkubogi, besh  marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, ikki marotaba qit’alararo kubok chempioni hisoblanadi. Shuningdek, bir necha bor ichki musobaqalarda muvaffaqiyat qozonib, jami 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!