
"Real" muxlislari uchun xushxabar!
Bo‘lajak bellashuv oldidan "qirollik klubi" rasmiy sayti mazkur bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini e’lon qildi. E’tiborlisi, 19 kishilik ro‘yxatdan Garent Beyl o‘rin oldi. Uelslik forvard 5 oktyabr sanasidan buyon maydonda ko‘rinish bermagan edi.
Vinisius Juniorga esa qaydnomadan o‘rin tegmadi.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube;
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi;
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko, Garet Beyl, Eden Azar;
Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich, Rodrigo Goes.
Ma’lumot uchun, "Real" - "Real Sosedad" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar