“Real” muammolarni hal qiladigan o‘yinchini “Siti”dan topdi!

  • 20 aprel, 18:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning La Ligada peshqadamlikni “Barselona”ga boy bergani, Evropa Chempionlar ligasini ancha erta tark etgani ko‘p jihatdan tarkibdagi muammolarga bog‘liq.

Tecno

Xususan, Karlo Anchelotti o‘tgan yozda faoliyatini yakunlagan tayanch yarim himoyachisi Toni Kroosga munosib o‘rinbosar topa olmadi. Bu pozitsiyada sinab ko‘rilgan o‘yinchilar nemis futbolchisidek samara bermadi.

Endi “Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida maydon markazini nazorat qila oladigan o‘yinchi olishga harakat qiladi. Asosiy nishon sifatida “Manchester Siti” yulduzi Rodri tanlangan.

Cadena Ser nashrining yozishicha, madridliklar ayni paytda jarohatini davolatayotgan Rodrini ideal variant sifatida qabul qilmoqda. Ular ispaniyalik futbolchini transferga ko‘ndirish uchun do‘sti Daniel Karvaxalni ishga solmoqchi.

Agar Rodri “Manchester Siti”ni tark etishni istamasa, “Real” mutasaddilari zaxira variantiga murojaat qilib, “Real Sosedad”dan Martin Subimendini olishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!