“Real” Modrichdan keyin yana ikki futbolchini xursand qiladigan bo‘ldi

  • 20 iyul, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yaqinda 38 yoshli Luka Modrich bilan hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirdi va xorvatiyalik pleymeykerga sardorlik vakolatini topshirdi.

Tecno

“Qirollik klubi” vakillari yana ikki tajribali o‘yinchi bilan yangi bitim tuzadigan bo‘ldi.

Unga ko‘ra, bir yildan keyin shartnomasi yakunlanadigan 32 yoshli Daniel Karvaxal va 29 yoshli Ferlan Mendiga imzolash uchun yangi kelishuv hujjati beriladi.

Ispaniyalik himoyachi o‘tgan mavsumda 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdarn tashqari, oltita gol va beshta assist qayd etdi.

Frantsiyalik futbolchi 37 ta bahsda bitta gol urib, himoya mustahkamligini ham ta’minlab turdi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti klub rahbariyatini bir necha bor Mendi bilan yangi shartnoma tuzishga chaqirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!