“Real” Messining PSJga o‘tganidan foydalanib qoladi

  • 13 avgust, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining PSJga o‘tishi Kilian Mbappe kelajagi ta’sir qiladigan bo‘ldi. Argentinalik yulduzning Parijga kelishi bilan yosh hujumchi yangi shartnoma imzolash fikridan yana qaytdi.

Tecno

Bu vaziyatdan “Real” foydalanib qolishga intilyapti. Madridliklar Mbappe transferi uchun 120 million evro bermoqchi. Agar parijliklar buni qabul qilmasa, hujumchi kelasi yozda tekinga ketib qoladi. Chunki, Mbappe har qanday sharoitda ham PSJning yangi bitim bo‘yicha kelishuvini rad etmoqda.

Messining kelganidan keyin Mbappe o‘z o‘zidan jamoada asosiy yulduz maqomidan ayriladi. Bundan tashqari, PSJ uzog‘i bilan kelasi yili Krishtianu Ronaldu transferini amalga oshirishi haqida ham xabarlar tarqala boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!