“Real” Mbappeni olish yo‘lini topdi

  • 12 mart, 2023, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish bo‘yicha alohida reja ishlab chiqdi.

Tecno

Todofichajes  nashrining yozishicha, madridliklar PSJga braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni jo‘natib, o‘rniga Kilian Mbappeni olib kelmoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Real” rahbariyati Vinisiusning turli mojarolarga aralishib qolayotganidan norozi va futbolchi klub imidjiga ziyon keltirmoqda, deb hisoblayapti.

Aslida “Real” Vinisiusni sotib yuborib, uning transferidan keladigan mablag‘ni Mbappega sarflashni rejalashtirgandi. Lekin ular ish osonroq ko‘chishi uchun parijliklarga rokirovkani taklif qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!