“Real” Mbappe va Xoland alamiga Angliyadan to‘purar oladi!

  • 7 iyun, 2022, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda o‘zi ko‘zlagan asosiy transferlar – Kilian Mbappe va Erling Xolanddan quruq qolgan “Real” yangi hujumchi sifatida “Manchester Siti”dan Gabriel Jezusni olib kelmoqchi.

Tecno

Cadena Ser nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi madridliklarning hujum chizig‘ini kuchaytirishga qodir.

Jezus yakunlangan mavsumda 41 ta uchrashuvda 13 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi. “Shaharliklar” o‘z safig “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni qo‘shib olganidan keyin Jezus jamoani tark etishga qaror qildi.

Hujum markazi va har ikki qanotda o‘ynay oladigan 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. “Real” uni olish uchun 50 million evro atrofida xarajat qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!